Bastamkulov Odiljon Bastamkulovich
Tarjimai hol
1982-yilda tug‘ilgan.
Ta’lim
- 2003-yilda Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan.
- 2005-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.
Lavozimi
“UzAuto Motors” AJ Ijrochi direktori
Mehnat faoliyati
- 2005-2007 yy. – O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot Vazirligida mehnat faoliyatini boshlagan.
- 2010-2014 yy. – “JV MAN Auto-Uzbekistan” mas’uliyati cheklangan jamiyati qo‘shma korxonasi servis departamenti ehtiyot qismlari bo‘linmasi menejeri, servis departamenti direktori vazifasini bajaruvchisi, xo‘jalik departamenti direktori.
- 2014-2018 yy. – “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik jamiyati ishlarni boshqarish bo‘limi boshlig‘i, xo‘jalik va hujjatlar ijrosi nazorati boshqarmasi boshlig‘i.
- 2019-2020 yy. - “JV MAN Auto-Uzbekistan” mas’uliyati cheklangan jamiyati qo‘shma korxonasi bosh direktorning mahalliylashtirish, sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish hamda axborot texnologiyalari masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari vazifasini vaqtincha bajaruvchisi.
- 2020-2021 yy. - “UZ TRUCK AND BUS MOTORS” mas’uliyati cheklangan jamiyati qo‘shma korxonasi bosh direktorning mahalliylashtirish va sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, sotuv, servis va marketing bo‘yicha bosh direktor o‘rinbosari.
- 2021-2024 yy. - “Avtooyna” mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh direktorning innovatsiya va rivojlantirish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, bosh direktori.
- 2024-2024 yy. - “UzAuto Motors” aksiyadorlik jamiyati xarid qilish bo‘yicha boshqaruvchi direktori vazifasini bajaruvchisi, xarid qilish bo‘yicha boshqaruvchi direktori, ijrochi direktori vazifasini bajaruvchisi.
- 2025 y. – h.v. - “UzAuto Motors” aksiyadorlik jamiyati Ijrochi direktori.