Yangiliklar

UzAuto Motors mavjud mikrochiplarga nisbatan ko’p avtomobil ishlab chiqaradi
2022-11-25 16:30:33 Yangiliklar
 
                          Yangiliklar

Avtomobilsozlik sanoatida  yarimo’tkazgichlar yetishmasligi tobora sezilarli bo’lib bormoqda: UzAuto Motors yillik ishlab chiqarish rejasini allaqachon ortig’i bilan bajarganligi bois, 2022-yilga rejalashtirilgan mikrosxemali komponentlarning iste’mol hajmi oshdi. 

Ayni shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda xuddiki tayyor Chevrolet avtomobillari saqlanayotgan omborlarning fotosuratlari faol muhokama qilinmoqda. Ko’pchilikning taxminiga ko’ra, ushbu avtomobillar to'liq jihozlangan bo’lib, go’yoki noma'lum maqsadlar uchun saqlanib kelinmoqda.

UzAuto Motors ushbu taxminlar yuzasidan rasman ma'lum qiladi:

Joriy yil boshida UzAuto Motors 280 ming dona avtomobil ishlab chiqarishni rejalashtirgan edi, bu o’tgan yilga nisbatan 21 foizga ko‘pdir. Ammo Chevrolet avtomobillariga talab ortib borayotganligi sababli kompaniya 2022-yil uchun rejalashtirilgan ishlab chiqarish hajmini 340 ming donagacha oshirishga erishdi, bu o‘tgan yilgi hajmdan 44 foizga oshadi. Joriy yil boshidan buyon kompaniya konveyerlardan 290 ming dona avtomobil ishlab chiqardi.

Dastlabki ishlab chiqarish rejalarini hisobga oladigan bo’lsak, UzAuto Motors belgilanganidan ortiq avtomobil ishlab chiqardi. Shu tariqa xorijiy ishlab chiqaruvchilar tomonidan yetkazib beriladigan yetishmayotgan mikrochiplarni o'z ichiga olgan butlovchi qismlarning barcha hajmlari muddatidan oldin ishlatildi.

Shubhasiz, konveyerlar va ishchilarning ishi to'xtab qolishiga yo’l qo’yib bo’lmasligi munosabati bilan, kompaniya komponentlari to'liq bo’lmagan avtomobillarni ishlab chiqarishga qaror qildi. Avtomobil ishlab chiqarish zanjiridan to'liq o’tadi va yetishmayotgan detallsiz omborda qoladi. Komponentlar yetkazilgandan so’ng, avtomobil texnologik jarayonga qaytariladi va ishlab chiqarish tugallanadi.

Hozirgi paytda kompaniya komponentlari to'liq bo'lmagan avtomobillarni saqlab turish uchun maxsus joylarni ijaraga olgan. Kompaniya, shuningdek, mikrochiplarni yetkazib berishning qo‘shimcha hajmlari bo'yicha muzokaralar olib borilmoqda. Jahonda mikrochiplarning global taqchilligi hisobga olinsa, bu juda qiyin vazifa. Detallarning kirgan partiyasi zudlik bilan to’liq jihozlanmagan avtomobillarga o’rnatiladi, shundan so’ng ular o’z mijozlariga topshiriladi. O‘tgan davr mobaynida 11 ming donaga yaqin avtomobil shu tarzda jihozlandi, bu esa ishlab chiqarish hajmini yanada oshirish imkonini berdi.

Ushbu qaror dunyodagi yirik avtomobil ishlab chiqaruvchilari GM, Toyota va boshqalarning amaliyoti asosida qabul qilindi. Qolaversa, oldindan ishlab chiqarilgan avtomobillarni mikrochiplar bilan jihozlash ancha kam vaqtni talab etadi, bu esa xaridorlarning avtomobillarga bo'lgan yuqori talabini qondirishga imkon beradi.

AQSH'ning Michigandagi komponentlari to'liq bo'lmagan Ford Bronco ombori

Komponentlarning yetishmovchiligi bilan bog’liq ushbu amaliyotni Ford, Skoda kabi yirik avtomobil ishlab chiqaruvchilari ham qo’llashga majbur. General Motors joriy yilning iyun oyida ular zarur bo’lgan butlovchi qismlarni kutish uchun saqlash joyiga yuborilgan 95 000 dona komponentlari to'liq bo'lmagan avtomobillarni yigʻdi. Fordning yig’ilib qolgan komponentlari to'liq bo'lmagan pikaplarini kosmosdan ham ko’rish mumkin.

Ford komponentlari to'liq bo'lmagan avtomobillar omborini yaratdi, ular shunchaga yetganki, avtomobillar hatto kosmosdan ko'rinadi

UzAuto Motors kompaniyasi ishlab chiqarilayotgan avtomobillar hajmini yanada oshirish uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshirayotganligini ishontirib aytadi. General Motors International prezidenti Shilpan Aminning tashrifi davomida 2023-yilda ishlab chiqarish hajmini 500 ming donaga, yaqin kelajakda esa 1 mln donaga oshirish bo’yicha kelishuvga erishgandi. Shuningdek, kompaniya global inqirozlarning tezda hal qilinishiga umid qilmoqda. Bu esa, ishlab chiqarish rejasini ortig'i bilan bajarish imkonini beradi.