Yangiliklar

“UzAuto Motors” va “UzAuto Motors Powertrain” kompaniyasi xodimlari uchun yangi yil munosabati bilan tashkillashtirilgan ijodiy tanlov natijalari
2021-12-28 17:55:55 Yangiliklar
 
                          Yangiliklar

Yangi yil bayrami arafasida va UzAuto Motors kompaniyasining 25 yilligi hamda UzAuto Motors Powertrain kompaniyasining 10 yilligi munosabati bilan xodimlar va ularning oila a’zolari o‘rtasida ijodiy tanlov e’lon qilindi.

Kompaniya xodimlari va ularning farzandlari tanlovda faol ishtirok etishdi. Jami ijtimoiy tarmoqlarga 250 dan ortiq nashrlar joylashtirildi. E’lon qilingan postlar soni bo‘yicha Asaka zavodi xodimlari 115 ta nashr bilan yetakchilik qilmoqda. 

UzAuto Motorsning Xorazmdagi zavodi xodimlari 100 ta post joylashtirganligi bilan ikkinchi o‘rinda. Toshkentdagi UzAuto Motors Powertrain korxonasi ishchilari tomonidan 40 dan ortiq tabriklar e’lon qilindi.

Tanlovda ishtirok etish uchun taklif qilingan mavzulardan birini tanlab hikoya/post yozish kerak edi.

1) “UzAuto Motors” kompaniyasi yutuqlari – mening yutuqlarim!

2) Mening otam yoki onam “UzAuto Motors” zavodida ishlaydi.

3) 25 yillik bayraming bilan UzAuto Motors.

Shundan so’ng, hikoya yoki postni o’z ijtimoiy tarmoqdagi sahifalar Meta (Facebook), Instagramda #25UzAutomotors #HappynewyearUzAutomotors xeshteglari bilan joylash kerak edi.

Hakamlar hay’ati tomonidan eng yaxshi ishlar aniqlangach, tanlov g‘oliblari qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadilar. Eng faol ishtirokchilar uchun rag‘batlantiruvchi mukofotlar ham mavjud.

Publikatsiyalar har xil xarakterga egaligidan, UzAuto Motors xodimlarining ijodiy ishtiyoqi eng yuqori cho’qqilarga chiqqanini ko'rishimiz mumkin. Kimdir videolavha tayyorladi, kimdir fotosuratlar bilan samimiy matn yozdi, ilovalar orasida hatto sevimli kompaniyasiga bag'ishlangan tantanali she'rlar ham bor.

Tanlov natijalari - 29 dekabr kuni e'lon qilinadi. Xonadonlarga yangi yil kirib keladi. “UzAuto Motors” korxonalari va xodimlarining xonadonlarida bayram archalari yasatiladi. Tanlovda ishtirok va undagi g‘alaba kompaniyaning barcha xodimlari va ularning oila a’zolari uchun ajoyib sovg‘a bo‘ladi.