Yangiliklar

“UzAuto Motors” AJ bayonoti
2021-12-20 09:51:52 Yangiliklar
 
                          Yangiliklar

“UzAuto Motors” AJ bayonoti

Hurmatli xaridorlar,

“UzAuto Motors” kompaniyasi qiyin bir paytda sizlarga murojaat qiladi.

Barchamizga ma’lumki, yarimo'tkazgichlardan tayyorlangan butlovchi qismlarni portlar va temir yo'l orqali yetkazib berish bilan bog’liq global logistika muammolari ( 6 oygacha konteynerlar kechikishi) butun dunyo avtomobil sanoatini davomli inqirozga olib keldi.

Afsuski, bizning Kompaniya ham bundan mustasno emas.

Kechayu kunduz ishlab chiqarish shuningdek, barcha dilerlarning sa'y-harakatlari va Kompaniya xodimlarining astoydil mehnatiga qaramay, avtosalonlarda navbatlar ko’payishda davom etmoqda.

“UzAuto Motors” jamoasi oktabr, noyabr hamda dekabr oylarida sifatni yo‘qotmagan holda shartnoma majburiyatlarini bajarish uchun barcha imkoniyatlarini ishga soldi. Ammo kompaniya har safar vaziyatni o’nglab, avvalroq yetkazib berilmagan avtomobillarni ishlab chiqarish hamda doimiy ish ritmiga qaytayotganida, yetkazib beruvchilar tomonidan yo’lga qo’yilgan navbatdagi nosozlik hammamizni orqaga tashladi.

Bunday sharoitda dunyo avtomobil ishlab chiqaruvchilari qatorini kuzatadigan bo’lsak, kompaniyaning Nexia, Spark, Cobalt, Lacetti avtomobillari uchun arizalar qabul qilishni vaqtinchalik 20.12.2021 dan 01.02.2022 gacha to’xtatish va barcha kuchni oldindan buyurtma berilgan avtomobillarni ishlab chiqarishga qaratishdan boshqa tanlovi yo'q.

Bizga ushbu qarorni qabul qilish oson bo’lmadi. Ammo vujudga kelgan holatda Kompaniya avval tuzilgan shartnomalar bo’yicha avtomobillarni ishlab chiqarishni o’zining asosiy ustuvor vazifasi deb biladi.

Biz vaqtinchalik yangi avtomobil uchun buyurtma berolmaydigan potensial xaridorlarimizdan chin qalbdan uzr so’raymiz.