Yangiliklar

Hurmatli xaridorlar
2021-12-21 09:03:01 Yangiliklar
 
                          Yangiliklar

“UzAuto Motors” ishlab chiqarilayotgan avtomobillar sifati va mijozlar talabini qondirishni o‘zining asosiy ustuvor vazifasi deb biladi. “UzAuto Motors” AJ bosh direktori Bo Andersson bu yil kompaniyaga kelganida sifatni keskin oshirishni va har qanday kamchiliklarga mutlaqo murosasiz munosabatda bo'lishni e'lon qildi.

Aynan mana shu sifat talablaridan kelib chiqib, “UzAuto Motors” 2021-yil 5-17-dekabrda ishlab chiqarilgan Nexia, Cobalt va Lacetti avtomobillarini chaqirib olish dasturini eʼlon qiladi. “Chaqirib olish” dasturi avtomobillarning orqa oyna isitish tizimini tekshirish zarurati bilan bog'liq.

Barcha ishlar "UzAuto Motors” AJ xodimlari tomonidan dilerlik markazlarining servis xizmatida ishlab chiqaruvchining mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

Avtomobillari chaqirib olish dasturiga to'gri kelgan barcha avtomobil egalari dilerlik markazlari yoki kompaniya tomonidan ogohlantiriladi.