Yangiliklar

"UzAuto Motors" AJ va Ipoteka Bank OTP Group 50 million dollarlik hamkorlik shartnomasini imzoladilar.
Jalb qilingan mablag'lar ishlab chiqarish jarayonlarini yanada rivojlantirish va zamonaviy texnologiyalarni joriy etishga yo'naltiriladi. Shartnoma kompaniyaning bozordagi mavqeini mustahkamlash va raqobatbardoshlikni oshirish istagini aks ettiradi.
"UzAuto Motors" AJ texnologik rivojlanish, operatsion samaradorlikni oshirish va mijozlar ehtiyojlarini qondirish maqsadida yetakchi moliya institutlari bilan hamkorlikni rivojlantirishda davom etmoqda.