Yangiliklar

Hurmatli mijozlar
2025-10-23 16:56:29 Yangiliklar
Hurmatli mijozlar

Hurmatli mijozlar,

“UzAuto Motors” AJ mijozlarga yanada qulay, shaffof va ishonchli xizmat ko‘rsatish maqsadida raqamlashtirish jarayonlarini kengaytirmoqda. Endilikda avtomobil xarid shartnomalari maxsus QR-kod bilan taqdim etiladi. 

Mazkur tizim iste’molchilarga yanada qulay va xavfsiz xizmat ko‘rsatish, shuningdek, qalbaki shartnomalarga aldanib qolish holatlarining oldini olish maqsadida joriy etildi.

Rasmiy diler tomonidan tuzilgan shartnomada QR-kod mavjud bo‘lib, uni skanerlaganda chiqadigan ma’lumotlar shartnomada keltirilgan ma’lumotlarga to‘liq mos kelishi lozim. Faqat shunda shartnoma haqiqiy hisoblanadi va rasmiy diler tomonidan berilgan deb e’tirof etiladi.

Ushbu QR-kod mijozga avtomobil xarid shartnomasiga oid barcha ma’lumotlarni jumladan, xaridor ism sharifi, shartnoma raqami, uning narxi, to‘lov tafsilotlari, diler nomi va manzili, avtomobil haqidagi ma’lumotlar hamda shartnoma holatini onlayn tarzda tekshirish imkonini beradi.