Yangiliklar

“UzAuto Motors” AJ Tenge Bank hamkorligida qulay avtokredit dasturlari ishga tushirildi
2025-07-08 14:46:17 Yangiliklar
 
                          Yangiliklar

“UzAuto Motors” AJ Tenge Bank hamkorligida jismoniy shaxslar va o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun Damas, Chevrolet Onix* va Tracker* avtomobillarini xarid qilishda qulay avtokredit dasturlari ishga tushirildi.

I.“Avtokredit Drive” dasturi (rasmiy daromadga ega jismoniy shaxslar uchun)

Boshlang‘ich to‘lov – 26% dan boshlab 50% gacha.
Yillik foiz stavkasi** – 0% dan boshlab 14,9% gacha.
Muddati – 13 oydan boshlab  60 oygacha.

II.“O‘zini-o‘zi band qilganlar uchun Avtokredit-Drayv” dasturi

Boshlang‘ich to‘lov – 40% dan boshlab 50% gacha.
Yillik foiz stavkasi** – 0% dan boshlab 12,5% gacha.
Muddati – 24 oydan boshlab  60 oygacha.

Batafsil ma’lumot uchun 1245 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling yoki Tenge Bank rasmiy veb-saytiga tashrif buyuring.

*Chegirmasiz narxlarda amalga oshiriladi.

**Foiz stavkasi boshlang‘ich to‘lov va muddatidan kelib chiqqan holda o‘zgarishi mumkin.