Yangiliklar

Hurmatli avtoixlosmandlar
UzAuto Motors o’z ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish borasida amalga oshirgan tizimli sa’y-harakatlari natijasida, oyiga 40 000 donadan ortiq avtomobil ishlab chiqarish bo‘yicha rekord ko‘rsatkichga erishdi. Bu o’z navbatida, kutish vaqtini sezilarli darajada qisqartirdi.
Bugun biz sizga xarid qilish uchun mavjud bo‘lgan Chevrolet avtomobil modellari qatorini taqdim etamiz.
• Damas и Labo
• Cobalt
• Onix
• Tracker
• Captiva – YANGI!
• Malibu
• Equinox
• Traverse
• Tahoe
Shartnoma olishda Chevrolet dilerlik markazlarida yuzaga keladigan navbatlar va noqulayliklardan holi bo’lishni istasangiz, onlayn -servis xizmatlardan foydalanishingizni va faqat rasmiy ma'lumotlarga tayanishingizni tavsiya qilamiz:
- Mobil ilova - UzAutoSavdo (iOS/Android)
- Telegram bot - UzAvtoSavdo_bot
- Sayt - savdo.uzavtosanoat.uz
Bu vaqtni tejab, ortiqcha kutishlardan qochish imkonini beruvchi eng tez va xavfsiz xizmat ko’rsatish usulidir.
O‘z tanlovingizni qiling va avtomobilingizni shu zahoti yoki qisqa muddatda olib keting.
UzAuto Motors barcha xaridorlariga brendga bo’lgan xayrixohliklari uchun o’z minnatdorchiligini izhor etadi. Yangi avtomobilingiz siz kutganingizdanda tezroq siz bilan birga bo‘lishi uchun bugunoq Chevrolet rasmiy dilerlik markazlariga tashrif buyuring va shartnoma tuzing.
Avtomobillar uchun shartnomani Chevrolet dilerlik markazlarida, shuningdek
UzAutoSavdo ilovasida (iOS/Android), UzAvtoSavdo_bot telegram boti hamda savdo.uzavtosanoat.uz sayti orqali tuzishingiz mumkin.
Avtomobillar haqida batafsil ma’lumotni +99878 141 7777 telefon raqamiga qo’ng’iroq qilib bilishingiz hamda UzAuto Motors’ning rasmiy saytlarida www.uzautomotors.com va www.chevrolet.uz dan olishingiz mumkin.
UzAvtoSavdo_bot rasmiy Telegram boti orqali shartnoma boʻyicha avtomobil holatini tekshirishingiz mumkin.