Yangiliklar

Firibgarlardan ogoh bo'ling!
2022-10-17 15:30:04 Yangiliklar
 
                          Yangiliklar

Bugungi kunda ko’plab ogohlantirishlarga qaramay hanuzgacha vijdonsiz “tadbirkorlar” tomonidan fuqarolarning pullarini firibgarlik yo’li bilan o’zlashtirilishi borasida faktlar uchramoqda.

Ayni kunlarda ayrim insonlar ishonuvchan xaridorlarga hali sotuvi boshlanmagan Chevrolet Onix avtomobilini sotib olish uchun shartnoma tuzishni taklif qiladigan holatlar kuzatilmoqda. Hech shubhasiz, ushbu e’lon ishonuvchan fuqarolarni chalg’itib, keyinchalik ularning pul mablag’larini firibgarlik yo’li bilan o’zlashtirish uchun qilingan.

Shunday qilib, joriy yilning 13-oktabr kuni UzAuto Motors kompaniyasiga OLX  xizmati orqali hali kontraktatsiyasi boshlanmagan Chevrolet Onix avtomobilini 160 485 217 so'm qiymatida sotib olish uchun shartnoma tuzish taklifi bilan e'lon joylashtirgan shaxslarning xatti-harakatlari haqida ma'lumot kelib tushdi.

UzAuto Motors bayonotiga asosan va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining tezkor harakatlari natijasida fuqaro S.B. va uning sheriklari pul mablag’larini olayotgan vaqtda qo’lga olindi. 15-oktabr kuni ushbu fuqarolar ustidan jinoiy ish qo'zg'atildi, unga ko'ra tergov ishlari olib borilmoqda.

Ko’pchilik bunday “tadbirkorlar”ning qurboni bo’lib kelayotgani va natijada na avtomobilni oladi, na pulini. Huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan ularning faoliyati to'xtatilganiga qaramay, bu kabi holatlar hali ham davom etmoqda.

UzAuto Motors yangi avtomobil xarid qilishni istagida bo’lgan xaridorlardan ogoh bo’lishini hamda faqatgina rasmiy dilerliklarga murojaat qilishlarini so’rab qoladi. Biz sizni firibgarlardan ogoh bo’lishga va faqat rasmiy manbalarga - kompaniyaning rasmiy veb-saytlari, ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari va telegram botlariga ishonishingizni so'rab qolamiz.


UzAvtoSavdo_bot – kompaniyaning rasmiy telegram-boti hisoblanadi. Xaridorlar @UzAvtoSavdo_bot yordamida o‘z shartnomasi bo‘yicha to‘liq ma’lumotni olish, taqdim etilayotgan modellar va avtomobillar narxlari bilan tanishish, sotuvda mavjud avtomobillar va modellar soni haqida ma’lumotga ega bo’lish va shartnoma olish imkoniyatiga ega.

Bundan tashqari, Siz uchun bizning avtomobilga shartnoma olishning oddiy va qulay usuli bo’lgan UzAvtoSavdo rasmiy ilovamiz ishlaydi. Ushbu ilova yordamida siz ishlab chiqarishda mavjud boʻlgan avtomobillarning xususiyatlari va modifikatsiyalari bilan tanishishingiz, sizni qiziqtirgan avtomobil qaysi avtosalonda borligini bilishingiz, tanlangan avtomobil uchun joriy navbatni bilishingiz, shuningdek navbatingizni kuzatishingiz mumkin. Yuqoridagilardan tashqari, mobil telefondan UzAuto Motors tomonidan ishlab chiqarilgan avtomobilni to'g'ridan-to'g'ri yetkazib berish bo'yicha shartnoma tuzish ham mumkin. UzAvtoSavdo ilovasi avtomobil sotib olishda shaffoflikni ta'minlaydi.

“Uzavtosanoat” AJ va UzAuto Motors’ning rasmiy veb-saytlarida kompaniya yangiliklarini kuzatib borishingiz mumkin:

www.uzavtosanoat.uz
www.uzautomotors.com

Facebook rasmiy sahifalari:

www.fb.com/UzAuto
www.fb.com/UzAutoMotorsOfficial

Shuningdek, telegram-kanallar:

t.me/uzauto_official
t.me/uzautomotorscom

Bundan tashqari, yangi avtomobil sotib olmoqchi bo'lgan xaridorlardan faqat rasmiy dilerlarga murojaat qilishlarini so'raymiz. Rasmiy dilerlarning to'liq ro'yxati bilan UzAuto Motors’ning veb-saytida www.uzautomotors.com tanishishingiz mumkin.

Eslatib o’tamiz, agar bunday holatlar va noqonuniy xatti-harakatlarning guvohiga aylanib qolsangiz, zudlik bilan kompaniyaning 78 141 77 77 ishonch telefoniga murojaat qilishingizni so‘raymiz.