Yangiliklar

Ehtiyot boʻling, feyk xabar!
12/12/2025 09:27 194 Yangiliklar
Ehtiyot boʻling, feyk xabar!

Internet tarmogʻida Chevrolet-uz-2025.MFREESITES.nеt soxta havola yaratilib, Oʻzbekiston fuqarolariga Chevrolet avtomobilini yutib olganligi haqida UzAuto Motors nomidan xabar tarqalmoqda.

"UzAuto Motors" AJ ushbu xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini, kompaniya tomonidan hech qanday yutuqli o‘yinlar o‘tkazilmaganini va mazkur xabarlar feyk ekanini rasman ma’lum qiladi.

Kompaniya faoliyatiga oid har qanday yangiliklar faqat rasmiy manbalar orqali eʼlon qilinadi.

UzAuto Motors haqida ishonchli va tasdiqlangan maʼlumotlarni kompaniyaning rasmiy axborot kanallaridan olishingiz mumkin.

Fuqarolarni hushyor boʻlishga va firibgarlarga ishonmaslikka chaqiramiz!