Yangiliklar

"Dolzarb 40 kunlik"da UzAuto Motors Xorazm filiali xodimlari faol ishtirok etmoqda
2022-11-25 17:30:33 Yangiliklar
 
                          Yangiliklar

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan joriy yil 11-oktabr kuni oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida daraxt ekish boʻyicha “Dolzarb 40 kunlik” aksiyasi eʼlon qilindi. 2022-yilning 20-oktabr sanasidan boshlab butun respublika bo'ylab “dolzarb 40 kunlik” tadbirlari boshlandi.

"UzAuto Motors" AJ Xorazm viloyati filialida ham ushbu dastur ijrosini bajarish yuzasidan keng ko'lamli amaliy ishlar ko'tarinki ruhda uyushqoqlik bilan tashkil etildi.

Mazkur aksiya doirasida kompaniya xodimlari zavod atrofi va mahallalarda daraxtlarni ekish, parvarishlash va koʻkalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirib, atrof-muhit va atmosfera havosining musaffoligini saqlashda o‘z hissalarini qo‘shishmoqda.

Jumladan, bugungi kunga qadar, filial hududi va filialga yondosh hududlarda jami 1 500 tupdan ortiq mevali hamda manzarali daraxt ko'chatlari va butalar o'tqazildi.

 

 

Yangiliklar

АО «UzAuto Motors» признана «Самым желанным работодателем».
2022-11-25 18:50:33 Yangiliklar
 
                          Yangiliklar

Kuni kecha 24-noyabr kuni “Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasida “DaVinci mukofoti- 2022” tanlovi g’oliblarini taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi. 

“UzAuto Motors” Aj davlat kompaniyalari orasida “Ish izlovchilar orasida eng talabgir ish beruvchi” nominatsiyasiga sazovor bo’ldi.

“DaVinci mukofoti” tanlovi 2016-yildan buyon har yili yurtimizda DaVinci Management Consulting tomonidan o’tkazib kelinadi. Unda O'zbekistondagi yirik ish beruvchilar mahalliy, davlat va xalqaro kompaniyalar 13 nominatsiyada ishtirok etib, mamlakatda inson kapitalini rivojlantirishga qo’shgan hissasi uchun mukofotlanadi. Joriy yil “UzAuto Motors” AJ ham ushbu tanlovda faol ishtirok etdi va munosib taqdirlandi.  

Bugungi kunda kompaniyada 12 000 nafardan ortiq xodim faoliyat yuritib, kompaniya rivojiga hissa qo’shmoqda.