Yangiliklar

Davr Bank mijozlar uchun Chevrolet Onix va Tracker avtomobillarini qulay shartlarda foizsiz (0%) xarid dasturini ishga tushirdi.
Mijozlar tanlangan model uchun amalga oshirilgan boshlang‘ich to‘lov miqdoriga qarab, Tracker avtomobilini 60 oygacha, Onix avtomobilini esa 56 oygacha foizsiz muddatli to‘lov asosida xarid qilish imkoniyatiga ega.
Chevrolet Tracker:
–25% boshlang‘ich to‘lov – 24 oyga
–30% boshlang‘ich to‘lov – 30 oyga
–40% boshlang‘ich to‘lov – 36 oyga
–50% boshlang‘ich to‘lov – 46 oyga
–60% boshlang‘ich to‘lov – 60 oyga.
Chevrolet Onix:
–25% boshlang‘ich to‘lov – 30 oyga
–30% boshlang‘ich to‘lov – 36 oyga
–40% boshlang‘ich to‘lov – 45 oyga
–50% boshlang‘ich to‘lov – 56 oyga.
Moliyalashtirish shartlari bank tomonidan belgilanadi. Aksiya doirasida avtomobillar chegirmasiz narxlarda taklif etiladi.
Batafsil ma’lumot olish uchun “Davr Bank” XATB rasmiy saytiga tashrif buyurish yoki 1284 raqamiga murojaat qilish mumkin.