Yangiliklar

“UzAuto Motors” AJ va “Asakabank” AJ hamkorligidagi aksiya doirasida jismoniy va yuridik shaxslarga, yakka tartibdagi tadbirkorlarga, shu jumladan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga va boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarga Damas, Onix* va Tracker* avtomobilini qulay shartlar asosida xarid qilish imkoniyati taqdim etadi.
Bu orqali nafaqat rasmiy daromadga ega jismoniy shaxslar hatto daromad manbai rasmiy bo‘lmagan jismoniy shaxslar ham Damas, Onix* va Tracker* avtomobilini xarid qilishi mumkin.
Tasdiqlangan daromadga ega jismoniy shaxslar uchun shartlar:
Boshlang‘ich to‘lov - 20 % dan boshlab 70 % gacha;
Foiz stavkasi** – 0 % dan boshlab 19 % gacha;
Muddati – 13 oydan boshlab 60 oygacha.
Daromadi tasdiqlanmagan jismoniy shaxslar va o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun shartlar:
Boshlang‘ich to‘lov - 30 % dan boshlab 70 % gacha;
Foiz stavkasi** – 0 % dan boshlab 18 % gacha;
Muddati - 13 oydan boshlab 60 oygacha.
Yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar (tadbirkorlik subyektlari) o‘rtasidagi qo‘shma maxsus aksiya doirasida, quyidagi shartlarda avtokreditlar taqdim etiladi:
Boshlang‘ich to‘lov - 20 % dan boshlab 50 % gacha;
Foiz stavkasi** – 0 % dan boshlab 20 % gacha;
Muddati - 12 oydan boshlab 60 oygacha.
Batafsil ma’lumot olish uchun Asakabankning rasmiy saytiga tashrif buyuring yoki 1152 qisqa telefon raqamiga murojaat qiling
*Chegirmasiz narxlarda amalga oshiriladi.
**Foiz stavkasi boshlang‘ich to‘lov va muddatidan kelib chiqqan holda o‘zgarishi mumkin.