Yangiliklar

«UzAuto Motors» bozor imkoniyatlarini kengaytirmoqda – Livanga Spark avtomobillarining birinchi partiyasi yuborildi
2022-04-01 10:00:42 Yangiliklar
 
                          Yangiliklar

Bugungi murakkab sharoitlarda “UzAuto Motors” AJ o’z mahsulotlarini nafaqat mamlakat ichida, balki tashqi bozorlarga ham kirish imkoniyatini kengaytirib, qator sanoat tarmoqlarini rivojlantirishning harakatlantiruvchi kuchlaridan biri bo’lib qolmoqda.  

Kompaniya mahsulotlari qator mamlakatlarda barqaror talabga ega.  O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan Chevrolet avtomobillari so‘nggi yillarda Qozog‘iston, Ozarbayjon, Tojikiston, Ukraina, Belarus, Afg‘oniston va Rossiya bozorlarida juda raqobatbardosh ekanligini ko’rsatdi. Ammo doimiy o’zgarib borayotgan xalqaro vaziyatda bozor imkoniyatlarini kengaytirish uchun avtomobil ishlab chiqaruvchilarni tinimsiz ishlashga majbur qilmoqda.

Mazkur faoliyat doirasida UzAuto Motors Livandagi eng yirik avtomobil dilerlaridan biri – IMPEX kompaniyasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga qaror qildi.

Martning so’nggi kunida kompaniya Livanga 54 dona LT, AT komplektatsiyali Spark avtomobillarining birinchi partiyasini yubordi. Keyinchalik Yaqin Sharq bilan ushbu hamkorlikni yanada kengaytirish rejalashtirilmoqda.