Yangiliklar

Biz bir jamoa, bir kuchmiz!
2022-11-28 11:50:33 Yangiliklar
 
                          Yangiliklar

“Yaxshi dam mehnatga hamdam” naqliga rioya etgan holda, joriy yilning 25-noyabr kuni “UzAuto Motors” rahbariyati tashabbusi bilan kasaba uyushmasi qo’mitasi tomonidan xodimlarning jamoaviy ruhini mustahkamlash uchun noan’anaviy interaktiv team building tashkil etildi. Tadbir korporativ imijni shakllantirish uchun shaxsiy va jamoaviy salohiyatni rivojlantirish orqali xodimlarning motivatsiyasini oshirish, maqsad va natija sari jamoa bo’lib harakatlanish, jamoa bilan ishlash, kompaniya ravnaqi yo’lida har bir xodimning mas’uliyatini oshirish, birgalikda intilishlarini shakllantirish maqsadida tashkillashtirildi.

Tadbir Toshkent shahridagi Anhor lokomotiv parkida boʻlib oʻtdi. Unda 50 nafardan ortiq xodimlar “Axelon Karting club”da faol bellashishdi. Musobaqa davomida ishtirokchilar 7 ta jamoaga boʻlingan holda, faxriy birinchi, ikkinchi va uchinchi o’rin sovrinlari uchun kurash olib borishdi.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra, eng yaxshi poygachilar esdalik sovg‘alari va sertifikat bilan taqdirlandi.

1-o’rin Buxgalteriya hisobi bo’limi xodimi Radjabov Sanjar:

2-o’rin Axborot texnologiyalari boshqarmasi xodimi Sharipov Xusan

3-o’rin Ehtiyot qismlarni sotish direksiyasi xodimi Muminov Ulug’bek

Musobaqaning “Eng yaxshi poygachisi” deb Zufarov Farruh topildi.

Norasmiy muhitda o’tgan vaqt barcha uchun foydali bo’libgina qolmay, xodimlarning jamoaviy ruhini mustahkamlash uchun ajoyib motivatsiya bo’ldi.

Aytgancha, kasaba uyushmasi qo’mitasi vakili ushbu team building bu yilning oxirgi tadbirlaridan biri emasligini alohida ta’kidlab o’tib, bo’linmalar o’rtasida hali yana ko’plab team building va turli xil interfaol tadbirlar rejalashtirilganligini ma’lum qildi.