Yangiliklar

Bir qator telegram-kanallarda “UzAuto Motors” AJning Navoiy viloyatidagi omborida olingan video tarqatildi.
Ma’lum qilamizki, hozirda kompaniya tomonidan har kuni o‘rtacha 400 ta Onix va 440 ta Tracker avtomobillari sotilmoqda.
Avtomobillarni mijozlarga topshirish muddatlarini qisqartirish maqsadida logistika xabi tashkil etilgan bo‘lib, unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Qashqadaryo, Navoiy va Surxondaryo viloyatlaridagi mijozlarga avtomobillarni 1-2 kun ichida yetkazib berish imkonini beradigan zarur miqdordagi mashinalar jamlangan.
“UzAuto Motors” AJ mijozlarga bildirgan ishonchi uchun minnatdorchilik bildiradi va kompaniyaning faqat rasmiy manbalaridan ishonchli ma’lumot olishni tavsiya etadi:
www.uzautomotors.com va www.chevrolet.uz,
Telegram-kanal @uzautomotorscom
Telegram-bot @uzavtosavdo_bot.